Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ЮЛДАШЕВ ҒОЛИБЖОН ТУРҒУНПУЛАТОВИЧ доимий комиссия раиси ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУНЛАР
янв.21
ТАДБИРКОРЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
60-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA OID SESSIYA OLDI HUJJATLARI O‘RGANILDI

XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA OID SESSIYA OLDI HUJJATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan xotin-qizlar masalalariga oid navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan hujjatlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida sessiya kun tartibidagi masalaga taalluqli hujjatlarning mazmuni, asoslantiruvchi ma’lumotlar va ularning belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, masala yuzasidan taqdim etilgan materiallarning mazmunan izchilligi hamda sessiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlangan hujjatlarning to‘liqligi tahlil qilindi.

Mazkur ishlar mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida sessiyaga kiritiladigan masalalarni puxta tayyorlash, hujjatlarni dastlabki o‘rganish va ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, masalaning mazmunidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini inobatga olish muhimligi qayd etildi.

Sessiya oldi hujjatlarini puxta o‘rganish masalalarni atroflicha muhokama qilish, asosli qarorlar qabul qilish hamda ularning keyingi ijrosini samarali tashkil etish uchun muhim bosqich hisoblanadi.

Slide 1 of 6