Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🤝 2027-yil dasturlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

🤝 2027-yil dasturlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Ekspert guruhi a'zosi Madina Bobojonova hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy dasturlar va istiqbolli loyihalarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📊 Yig‘ilish davomida hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, aholi murojaatlari hamda deputatlar tomonidan joylarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan dolzarb masalalar tahlil qilindi.

📝 Muhokamalar jarayonida hududlarning real ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2027-yilgi hududiy rivojlantirish dasturlariga kiritilishi lozim bo‘lgan ustuvor loyiha va tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Shuningdek, loyihalarni shakllantirishda ularning ijtimoiy ahamiyati, iqtisodiy samaradorligi, moliyalashtirish manbalari hamda amalga oshirish mexanizmlariga alohida e'tibor qaratildi.

📌 Yakunda ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda tegishli dasturlarga kiritish, ularni puxta asoslangan loyiha hujjatlari bilan rasmiylashtirish hamda ijrosini tizimli tashkil etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1