Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

📍 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini baholash hamda ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash jarayonlarining qonuniyligini o‘rganish maqsadida Mash’al mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi.

📌 O‘rganish Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 3-Oq ota saylov okrugidan saylangan deputati E. Peysenov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan amalga oshirildi.

🔎 Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartiblari o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli elektron axborot tizimlariga ma’lumotlarni kiritish holatlari ham tahlil qilindi.

✅ Deputatlik nazorati orqali ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlariga samarali yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3