Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
##deputat_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi #Haftalik _ish _reja #nazorat_tahlil #19¹-modda

##deputat_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi
#Haftalik _ish _reja #nazorat_tahlil
#19¹-modda

24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor  tumani Kengashiga 20-Do'stlik  saylov okrugidan saylangan deputat O.Qulliyeva  tomonidan saylov okrugiga biriktirilgan 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, mazkur qonunda belgilangan vazifalarning ijrosi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi kundagi faoliyati, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog va boshqa xodimlarning mehnat faoliyati hamda muassasaning moddiy-texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifati va shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatlik nazoratini amalga oshirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda o‘rganish hamda fuqarolar, xususan, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning amaldagi holatini baholashga qaratildi.

Slide 1 of 1