Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholi muammolarini aniqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi ijtimoiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalarning daromadlarini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Mahallada aholi farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4