Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Deputat_va_yoshlar #Vatanparvarlik_tarbiyasi

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan saylov okrugidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va o‘quvchilar bilan navbatdagi samimiy muloqot tashkil etildi.

📌 Uchrashuv davomida:

Vatanparvarlik va harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish: Deputat maktabning "Vatan tayanchi" bolalar va yoshlar harakati a’zolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan uchrashib, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tartib-intizom va bilim olishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish bo‘yicha suhbatlashdi.

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash:

O‘quvchilarning maktab hayotidagi ishtiroki, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelgusidagi orzu-maqsadlari tinglandi.

Ta’lim va tarbiya jarayoni: Maktab mas’ullari va ustozlar bilan hamkorlikda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida taklif va tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida deputat o‘quvchilarning kelgusi o‘qish va ishlarida zafarlar tilab, ularga doimiy ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5