Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Istirohat bog‘ida yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva ishtirokida tumanning “Ma’rifat” mahallasidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida aholiga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🟢O‘rganish davomida bog‘ hududida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va pardozlash ishlariga e’tibor qaratildi. Mazkur ishlar hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, uni yanada ko‘rkamlashtirish hamda aholi va mehmonlar uchun qulay dam olish muhitini yaratishga qaratilgan.

🟢Ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida yashil hududlarni obod saqlash, mavjud daraxt va o‘simliklarni asrab-avaylash, ularni parvarishlash hamda bog‘ning estetik ko‘rinishini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, pardozlash ishlarini sifatli bajarish va hududda tozalikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

🟢Deputat tomonidan istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, obodonlashtirish ishlari sifatini ta’minlash va yaratilgan sharoitlarni doimiy ravishda saqlab qolishga e’tibor qaratildi.

🟢Umuman, istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va pardozlash ishlari hududni yanada ko‘rkamlashtirish, aholi uchun munosib dam olish sharoitlarini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4