Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

BO‘STON MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, deputat J.Mamadaliyev hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar tomonidan Bo‘ston mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tikuvchilik sexi tashkil etilgani va uning faoliyati orqali 20 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlangani aniqlandi. Mazkur tashabbus xotin-qizlarni kasb-hunarga jalb etish, ularning daromad manbaini yaratish hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida aholi bandligini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4