Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 14-“Degrizlik” saylov okrugidan saylangan deputat O.Bozarov tomonidan “Degrizlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi M.Qosimov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

️Muloqot jarayonida mahalla yoshlar yetakchisi M.Qosimov tomonidan hududda yoshlar uchun workout maydonchasini barpo etish taklifi ilgari surildi. Ta’kidlanganidek, bunday sport maydonchasining tashkil etilishi yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mazkur tashabbus yuzasidan fikr almashilib, masalani tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish orqali ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Endilikda yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, workout maydonchasini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish hamda masalaning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5