Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan shahardagi 5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazishga tayyorgarligi, xususan, binolarda issiqlikni ta’minlash tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, isitish qozonxonasi ko‘zdan kechirilib, uning mavsum davomida uzluksiz ishlashiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Shuningdek, texnikumda issiq suv uzatish liniyalarining sovuqdan himoyalovchi izolyatsiya bilan qoplanganligi tekshirildi. Ushbu ishlar sovuq kunlarda issiqlik yo‘qotilishining oldini olish, quvurlarni past harorat ta’siridan himoya qilish hamda isitish tizimining samarali ishlashini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Mavsumiy tayyorgarlik jarayonida isitish tizimlari va muhandislik tarmoqlarining soz holatda bo‘lishi ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar hamda pedagog va xodimlar uchun qulay sharoit yaratishda muhim o‘rin tutadi.

Deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish, mavjud holatni tahlil qilish va zarur sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4