Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi haftalik yig‘ilish o‘tkazildi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, bosh mutaxassislar Z.Yakubova Zoom platformasi orqali qatnashdilar.

Yig‘ilish davomida kotibiyatlarning o‘tgan hafta mobaynida amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, deputatlik faoliyatini tashkil etish, murojaatlar bilan ishlash, Kengash va doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni nazoratga olish borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Yangi hafta uchun kotibiyatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinib, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, aholi murojaatlariga e’tiborni oshirish hamda hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganib, ularning amaliy yechimiga erishish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish va deputatlik nazoratini tizimli tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 3