Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Shaldiramoq ko‘chasi, 3-uy, 24-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro X.Ataxanovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, oilaning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida fuqaroning uyi ta’mirlab berilgani ma’lum qilindi. Mazkur yordamlar oilaning kundalik turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan.

Tashrif davomida oilaga ko‘rsatilgan ijtimoiy ko‘mak choralari va yashash sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3