Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Shaldiramoq ko‘chasi, 11-uy, 5-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro S.Maxmudovning xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida oilaning kundalik turmush sharoiti, moddiy ahvoli hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam choralari ham e’tiborga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgan. Mazkur ko‘mak oilaning kundalik ehtiyojlarini qondirish hamda turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan aholi xonadonlarini o‘rganish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning muammolarini aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligini o‘rganish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4