Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA EKILGAN KO‘CHATLAR MUHOFAZASI O‘RGANILDI

Atrof-muhitni asrash, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish — kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishning muhim shartidir. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni asrab-avaylash, ularning parvarishini tashkil etish va yashovchanligini ta’minlash alohida mas’uliyat talab etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J. Mullajonov tuman tashkilotlari vakillari bilan birgalikda “Yashil makon” dasturi doirasida ekilgan ko‘chatlarning muhofaza qilinishi holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish, ularni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish, parvarishlash hamda qurib qolishining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, ko‘chatlarning o‘sib-rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish va yashil hududlarni muntazam nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tuman tashkilotlari mas’ullari bilan birgalikda ko‘chatlarni asrab-avaylash, parvarishlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish va yashil hududlar muhofazasini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Maqsad — ekilgan har bir ko‘chatning unib-o‘sishini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va tuman ekologik holatini yaxshilashga hissa qo‘shish.

Yashil makonni yaratish, uni asrab-avaylash esa barchamizning doimiy vazifamizdir!

Slide 1 of 1