Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DAVLAT NOTARIAL IDORASIDA FUQAROLARGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan davlat notarial idorasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni hamda aholiga yaratilgan qulayliklarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot davomida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida notarial xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda aholining huquqiy masalalarini hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishdir.

Slide 1 of 2