Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR MAYDONCHASI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati E. Qobulov davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Mohir bolajon” maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalar maydonchasining holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar foydalanadigan o‘yin maydonchasining holati, mavjud o‘yin jihozlarining xavfsizligi, hududning obodonligi va bolalar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida tarbiyalanuvchilar uchun munosib haroratni ta’minlash, isitish tizimining sozligi, bino va xonalarning mavsumga tayyorligi hamda hududda tozalikni saqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligini ta’minlash, o‘yin maydonchasidagi jihozlarni muntazam tekshirib borish, hududni obod saqlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

Mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tarbiyalanuvchilar uchun qulay muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2