Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
IT PARK HUDUDIDA OBODONLIK VA ATROF-MUHIT OZODALIGI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati E. Qobulov IT PARK hududida bo‘lib, obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati va mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hududning tozaligi, atrofning tartibli saqlanishi, obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Hududda ozodalikni muntazam ta’minlash, yashil maydonlarni parvarishlash, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Deputat hududning sanitariya holatini doimiy nazorat qilib borish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va obodonlashtirish ishlariga mas’uliyat bilan yondashish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, IT PARK hududida zamonaviy, ozoda va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhitni saqlash, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Maqsad — hududda ozodalik va tartibni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda zamonaviy maskanning munosib qiyofasini saqlash.

Slide 1 of 1