Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Mahallaga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Bog‘chaovul” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori J.To‘rayev faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida soliq inspektorining mahalladagi tadbirkorlik subyektlari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashi, soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tushuntirishlar berishi hamda soliq to‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

🔻Jumladan, mahallada tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritishga ko‘maklashish, yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, soliq to‘lovchilarni hisobga olish, mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔻Shuningdek, soliq qonunchiligidagi yangiliklar va o‘zgarishlarni aholi hamda tadbirkorlarga yetkazish, mavjud soliq imtiyozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ma’lumot berish, fuqarolar va tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish hamda ularni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

🔻O‘rganish yakunida soliq inspektoriga aholi va tadbirkorlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tushuntirish tadbirlarini muntazam tashkil etish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mahalladagi soliqqa oid muammolarni belgilangan tartibda hal etishga ko‘maklashish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1