Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Jamoliddin Yoqubov tomonidan hududdagi elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi kiritildi.

Hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Sarmich MFY, Yuqori Sarmich qishlog‘i To‘shguzar ko‘chasidagi elektr ta’minoti infratuzilmasining holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ushbu ko‘chadagi elektr simyog‘ochlarining bir qismi ma’nan va jismonan eskirgani, yaroqsiz holatga kelib qolgani hamda ularni yangilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur holat elektr ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga aholi xavfsizligiga ham xavf solmoqda.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 8-oktabrdagi 68-ds-457-26-sonli deputatlik so‘rovi Yangiobod tuman elektr tarmoqlari ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Sh. Rizzayevga yo‘llandi.

Deputat so‘rovida To‘shguzar ko‘chasidagi eskirgan va yaroqsiz elektr simyog‘ochlarini joyiga chiqqan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ularni yangi beton ustunlarga almashtirish hamda elektr tarmoqlarini tartibga keltirish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 5