Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Matyaqubova, tuman Kengashi deputati A. Jumaniyozov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Ibodullayev Rasulbek Masharipovich hamkorligida Yovg‘ir mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla faollariga “Madad” NNT rahbari tanishtirilib, aholi muammolarini aniqlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda murojaatlarni qonuniy hal etishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Yovg‘ir mahallasi raisi Dilfuza Niyozmetovaning faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilgan ishlar va mahallada mavjud masalalar yuzasidan axboroti tinglandi. Suhbat davomida aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mavjud muammolarni qonuniy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1