Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi X.Mashrabayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son Qarori ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat hududlarda o‘tkazgan o‘rganishlari davomida ko‘p kvartirali uylar hovlilarida bolalar maydonchalari yetishmasligi va mavjudlarining holati bo‘yicha aholi murojaatlari kelib tushgan. Shu murojaatlarni inobatga olib, Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga so‘rov yubordi.

So‘rovda quyidagilar bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot so‘ralgan:
▪️ shaharda joriy yilda 11 ta bolalar maydonchasini qurish bo‘yicha bugungi kungacha bajarilgan ishlar va ularning hajmi;
▪️ ajratilgan mablag‘lar;
▪️ ishlar belgilangan muddatda yakunlanmagan bo‘lsa, buning sabablari va kechikishlarga yo‘l qo‘ygan mas’ul tashkilotlar.

Maqsad: ko‘p kvartirali uylar hududlarida bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, rejalashtirilgan qurilish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1