Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
GEOGRAFIK OBYEKTLARGA NOM BERISH VA ULARNI QAYTA NOMLASH MASALASI YUZASIDAN SESSIYAOLDI O‘RGANISH O‘TKAZILDI
#sessiya_oldi_o‘rganish

GEOGRAFIK OBYEKTLARGA NOM BERISH VA ULARNI QAYTA NOMLASH MASALASI YUZASIDAN SESSIYAOLDI O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida”gi masala belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi. Dastlab, masala jamoatchilik muhokamasiga 15 kun muddatga qo‘yilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olish imkoniyati yaratildi.

Shundan so‘ng, masala qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, Adliya bo‘limidan ijobiy xulosa olindi. Shuningdek, Kengash huzuridagi ekspert guruhi tomonidan ham masala atroflicha o‘rganilib, tegishli tahlillar amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida masalaning qonuniy asoslari, taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda uni Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun zarur bo‘lgan jihatlar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan sessiyaoldi o‘rganishlar natijasida mazkur masalani belgilangan tartibda Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 2