Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilmoqda

 Fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Yangikishloq mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida Yangikishloq MFY O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi Bekmurodova Maftuna xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xonadonning yashash sharoiti og‘ir holatda ekani aniqlandi. Fuqaro uy-joyini ta’mirlash va yashash sharoitini yaxshilashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.
📌 Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, xonadon muammosini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.
🤝 Aholining muammolarini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlarni ijobiy hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.