Mang‘itobod mahallasida ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi deputat N.Dusmurodov tomonidan Kengashning 2026-yil 30-iyundagi VII-29-80-7-101-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Mang‘itobod mahallasida yashovchi Artiqova Nilufar xonadonida olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda belgilangan ishlarning amaldagi ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🤝 Deputat tomonidan ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish va qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Deputatlik nazorati — qarorlar ijrosining joylardagi amaliy natijasini ta’minlashga xizmat qiladi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️