Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
Ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganilmoqda

 Ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hududda ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilik hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
📌 Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlar talablarining Pastdarg‘om tumanidagi ijrosi yuzasidan Pastdarg‘om tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazidan rasmiy ma’lumot so‘raldi.
📋 Taqdim etiladigan ma’lumotlarda:
▪️ nizomlar talablarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar;
▪️ ijtimoiy xizmatlar va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati;
▪️ fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid murojaatlari bilan ishlash;
▪️ ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va xizmatlar bilan qamrab olish;
▪️ mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari;
▪️ 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar aks ettirilishi so‘raldi.
🔎 Olingan ma’lumotlar doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.
🤝 Doimiy komissiyaning tashkilotlar bilan hamkorligi — qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!