94-umumta’lim maktabida o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan 2026-yil 5-oktabr kuni “Deputat daftari” doirasida 94-umumta’lim maktabining faoliyati bilan tanishildi.
📌 O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayoni, mavjud sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud masalalarni o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🌐 Maqsad — ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.