Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
14-MAKTABDA SPORT ZALLARI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI

#Kengash_raisi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi

14-MAKTABDA SPORT ZALLARI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov saylangan Sabzipoya MFY hududidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida maktabdagi sport zallarining mavjudligi, ularning jihozlanish darajasi, sport anjomlarining holati hamda o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport zallaridan foydalanish samaradorligi, o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganishdan maqsad — ta’lim muassasasida sport bilan shug‘ullanish uchun munosib sharoitlarni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat.