Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #yoshlar_maslahat_guruhi “Yoshlar maslahat” guruhi faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.Hasanov bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida guruh faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida “Yoshlar maslahat” guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, a’zolarning tashabbuskorligini oshirish hamda yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan samarali takliflarni ilgari surish bo‘yicha fikr almashildi.

Zero, yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash — ularning kelajagiga sarmoya kiritish demakdir.