Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#doimiy_komissiya_faoliyati #deputat_faoliyati Zamonaviy davlat xizmatchisi: mas’uliyat va natijadorlik

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Zamonaviy davlat xizmatchisi: shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijadorlik” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi A.Karimov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan yangi buyruq va ko‘rsatmalarning mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazilib, davlat xizmatchisining kasbiy mas’uliyati, xizmat intizomi va faoliyat samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xizmat vazifalarini vijdonan va sidqidildan bajarish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala hamda xolis bo‘lish, qonuniylik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatida shaxsiy mas’uliyat, halollik, tashabbuskorlik va natijadorlik muhim o‘rin tutadi. Har bir xodim fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashni o‘z faoliyatining ustuvor vazifasi deb bilishi lozim.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomini mustahkamlash va fuqarolar oldidagi mas’uliyatni yanada oshirish borasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3