Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Yo‘l harakati xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.

Uchrashuvda tuman yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi ham ishtirok etib, fuqarolarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning ahamiyati, belgilangan yo‘l belgilari va harakatlanish tartibiga rioya etish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda haydovchilarning mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida, ayniqsa, mahalla hududida piyodalar va avtotransport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, bolalarning yo‘llarda harakatlanishida ehtiyotkorlik choralariga amal qilish, haydovchilar tomonidan tezlik me’yorlariga rioya etish hamda yo‘l harakati ishtirokchilarining o‘zaro hurmat va mas’uliyat asosida harakatlanishi zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish mas’uliyatini oshirish va mahalla hududida xavfsiz harakat muhitini shakllantirishdan iborat.
Yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilish nafaqat qonun talabi, balki har bir fuqaroning o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligi oldidagi mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4