Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Ekspertlar guruhi tomonidan joylardagi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Ekspertlar guruhi a’zosi M.Otaxonova tomonidan Chirkay mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan mahalla servis kompaniyasining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla servis kompaniyasi faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ularning o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, mahalla hududidagi mavjud masalalarni tizimli hal etish bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, servis kompaniyasi faoliyatida mas’uliyat va ijro intizomiga rioya etish, aholi murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Mahalla servis kompaniyasining samarali faoliyat yuritishi hududda qulay yashash muhitini shakllantirish, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va mahalla infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Ekspertlar guruhi tomonidan hududlardagi tashkilot va xizmatlar faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1