Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
SARMICH MAHALLASIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati S.Xojiyev tomonidan Sarmich mahallasida mahalla tashkilotlari vakillari bilan birgalikda oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda nizoli oilalar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida mahallada ajrim yoqasiga kelib qolgan va oilaviy nizolar mavjud xonadonlar bilan olib borilayotgan ishlar, oilaviy muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, oilalarda o‘zaro hurmat va kelishuv muhitini mustahkamlash, er-xotin o‘rtasidagi nizolarni murosali yo‘l bilan hal etish, farzandlar manfaatlarini himoya qilish hamda muammoli oilalarni tegishli mutaxassislar ko‘magiga yo‘naltirish bo‘yicha fikr almashildi.

Mahalla vakillari bilan hamkorlikda nizoli va ajrim xavfi mavjud oilalarni alohida nazoratga olish, ularning muammolarini o‘rganish, zarur hollarda psixologik, huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda oilalarni yarashtirishga qaratilgan manzilli ishlarni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Muhokama yakunida oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, ayniqsa, yosh oilalar bilan profilaktik va tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2