Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati B. Xalilov, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Olti Tosh mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirgan va ayni vaqtda olib borayotgan ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularning daromadlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar, xususan, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida amalga oshirildi.

Jumladan, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr) talablaridan kelib chiqib, aholi bandligini ta’minlash va ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
 

Slide 1 of 4