Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
O‘quvchilar bilan huquqiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

O‘quvchilar bilan huquqiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

22-Keskaner saylov okrugidan tuman Kengashi deputati N. Mamadaliyeva tomonidan Uychi tumani 3-sonli texnikum o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-213-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida Farmonda yangi tashkil etilgan vazirlik zimmasiga ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim, shuningdek, ilm-fan sohalarini o‘zaro uyg‘un holda rivojlantirish bilan bog‘liq muhim vazifalar belgilanganligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun oliy ta’lim muddati 3 yil etib belgilangani, 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan tarbiyachilar uchun oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklini tashkil etish nazarda tutilgani haqida ham tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar oldilar.
 

Slide 1 of 1