Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Uychida paxtayig‘im-terimi avjpallada

Uychida paxtayig‘im-terimi avjpallada

Uychi tumanida paxta yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan, qizg‘in davom etmoqda. Bir yil davomida parvarishlangan, dehqonning umidi va fermerning mashaqqatli mehnati singgan “oq oltin” hosili ayni kunlarda xirmon sari yo‘l olmoqda.

Dalalarda zamonaviy paxta terish mashinalari bir maromda harakatlanib, pishib yetilgan hosilni nobudgarchiliksiz, sifatini saqlagan holda qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olishga xizmat qilmoqda.

Uychi tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi M.Abdullaye, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nurshod Xudoyberdiyev hamda sektor rahbarlari paxta maydonlarida bo‘lib, yig‘im-terim jarayonlarini yaqindan o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida paxta terimining borishi, mavjud imkoniyatlar va texnika vositalaridan samarali foydalanish holati tahlil qilindi. Hosilni qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ishtirib olish, terim sur’atlarini yanada oshirish hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ayni paytda tumanda paxta hosilini sifatli yig‘ishtirib olish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
 

Slide 1 of 1