Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Sh. Nazarova tomonidan deputatlik nazorati doirasida Altintau va Uzunquduq OFYlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining holati o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz muhit yaratish hamda qonun talablarining amalda bajarilishini o‘rganishdan iborat.

Jarayon davomida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bolalar bilan ishlashdagi mas’uliyati, bolalarning manfaatlarini ustuvor qo‘yish, ehtimoliy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bunday holatlarning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirish masalalari ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlar orqali qonun ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni mustahkamlash, shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.

Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash, fuqarolar, ayniqsa, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim vositadir.

Slide 1 of 4