Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI


Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va tumandagi iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

💬 Muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhining faoliyati, uning asosiy vazifalari hamda yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni xususida fikr almashildi.

Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida tumandagi iqtidorli yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularni turli loyihalar va tashabbuslarga jalb qilish, shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning fikr va takliflarini inobatga olish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Yoshlar maslahat guruhi — yoshlar ovozi, tashabbuslari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashning muhim maydoni!