Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira O‘ktamovna ishtirok etib, oilalarda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir davomida tumandagi ajrim yoqasida turgan 15 ta oilaning oilaviy muammolari va nizolarning kelib chiqish sabablari tuman Yarashuv komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.
Muloqotlar jarayonida oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘zaro hurmatni tiklash, er-xotin o‘rtasidagi mavjud tushunmovchiliklarga yechim topish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 5 ta oilani yarashtirishga erishildi. Eng muhimi, 7 nafar voyaga yetmagan farzandning to‘liq oilada tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratildi.

Slide 1 of 2