Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
YASHNOBOD TUMANIDAGI “MOHIRLAR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHAGA OID MUAMMOLAR O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #24_ta_tavsiyaviy_savol #19_1_Modda_ijrosi

❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI “MOHIRLAR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHAGA OID MUAMMOLAR O‘RGANILDI

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov va Sevara Fayziyeva birgalikda Yashnobod tumanidagi “Mohirlar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanishi, mavjud infratuzilma holati hamda fuqarolar murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

🔎 O‘rganish davomida mahallaning Sohil ko‘chasida joylashgan 80 ta xonadonga tabiiy gaz tarmog‘i tortilmaganligi, shuningdek, mazkur ko‘chaning 40 metr masofasida ichimlik suvi tarmog‘i mavjud emasligi bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi. Aholini gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, zarur infratuzilmani shakllantirish hamda tegishli tarmoqlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

⚡️ Shuningdek, Tuzel ko‘chasida joylashgan TR-7782-sonli transformator punktining atrofi o‘ralmaganligi hamda uni yer sathidan ko‘tarish zarurati aniqlanib, elektr xavfsizligini ta’minlash va transformator punktini belgilangan texnik talablarga muvofiq tartibga keltirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla hududidagi xonadonlarning suv tarmoqlaridan foydalanish holatini vakolatli inspeksiya tomonidan o‘rganish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

📋 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Yashnobod tuman elektr tarmoqlari, gaz va suv ta’minoti tashkilotlari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, gaz hamda ichimlik suvi tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, transformator punktida xavfsizlik talablarini ta’minlash va mavjud muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish vazifalari yuklatildi.

⚖️ O‘rganish yakunida mas’ul tashkilotlarga belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli axborotlarni taqdim etish vazifasi belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4