Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 9-“Bibizaynab” saylov okrugi deputati Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan 7-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxiralari, binolarning issiqlikni saqlash holati, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga shayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish hamda o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3