Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA TIKUVCHILIK SEXI TASHKIL ETILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-“Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A.Sirojiddinovning tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida zamonaviy tikuvchilik sexi tashkil etildi.

Mazkur tikuvchilik sexining ishga tushirilishi natijasida 20 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa, avvalo, mahalladagi fuqarolarni, xususan, xotin-qizlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda oilalar farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Tashkil etilgan sexda tikuvchilik yo‘nalishida mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday amaliy tashabbuslar mahallalarda bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4