Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
42-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “23-Qorako‘l” saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

⏺️ O‘rganish davomida maktab hududidagi sport maydonchalari, sport zali, mavjud sport jihozlari va inventarlarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari hamda turli sport to‘garaklariga jalb etilishi, sport mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

⏺️ Shuningdek, mavjud sport inshootlarining texnik va sanitariya holati, sport jihozlarining foydalanishga yaroqliligi, ularning o‘quvchilar ehtiyojiga mosligi hamda mavjud sharoitlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

⏺️ O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportning turli yo‘nalishlariga keng jalb qilish hamda maktabda sog‘lom va faol muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔴 Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash va zarur sport jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud ehtiyojlarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5