Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B.Bayanasov hamda Kengash kotibiyati mudiri O. Usmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-sonli “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlarning tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va daromad keltiruvchi manbalarni shakllantirish orqali aholi bandligini ta’minlash masalalari Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Shtab faoliyatini samarali tashkil etish, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini muntazam tahlil qilish hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning tizimli tashkil etilishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash barqaror bandlikni kengaytirish hamda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3