Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod yurt” mahallasida PF-116-son Farmon ijrosi va “yettilik” faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yilgi ish rejasiga asosan, 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova “Obod yurt” mahallasida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni doirasida “mahalla yettiligi” faoliyati, mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi roli, ehtiyojmand qatlamni ijtimoiy muhofaza qilish, aholi murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish hamda hududiy infratuzilma va kommunal sohadagi masalalar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1