Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Sessiya muhokamasi

#Kengash_sessiyasi #yoshlar_bandligi

💹 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash masalasi muhokama qilindi.

🗣 Deputat Ulug‘bek Begjanov tomonidan — Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

🔴 Shu nuqtayi nazardan, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha qanday natijalarga erishildi?

🗣 Uchtepa tumani Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi rahbari Sardor Rahmatullayev tomonidan:
⏫️ Tumanda 14–30 yoshdagi 75 854 nafar yoshning holati o‘rganilgan. Natijada 184 nafari “og‘ir”, 17 372 nafari “o‘rta” va 58 482 nafari “yaxshi” toifaga kiritilgan. “Og‘ir” toifadagi yoshlarning har biri mas’ul rahbarlarga biriktirilib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilganligi aytib o'tildi.

🕯 Natijalar raqamlarda:
40 nafar yoshning muammosi hal etilgan.
17 nafar yosh ishga joylashtirilgan.
14 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitilgan.
1 nafar yoshga davolanish xarajatlari uchun yordam ko‘rsatilgan.
8 nafar yoshning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bartaraf etilgan.
Shuningdek, bugungi kunda tumanda 26 489 nafar yosh doimiy band, 11 359 nafari esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

↗️ Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida 18 nafar yoshga 2 mlrd. 280 mln. so‘m, yana 12 nafar yoshga 1 mlrd. 913 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

📈 Asosiy maqsad — yoshlarning muammolarini manzilli hal etish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, barqaror daromad manbai hamda munosib bandlik bilan ta’minlash orqali ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Slide 1 of 3