Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KENGASH HAQIDA BILASIZMI? XALQ DEPUTATLARI KENGASHI QANDAY VAKOLATLARGA EGA?

📌 QONUNIY FAKTLAR:

⌛ 1. Kengash — vakillik organi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasiga ko‘ra, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanadi.
⌛ 2. Kengash qarorlar qabul qiladi.
Qonunning 6-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilingan hujjatlar tegishli hududda majburiy kuchga ega bo‘lishi mumkin.
⌛ 3. Kengash doimiy komissiyalar orqali ishlaydi.
Qonunning 19-moddasida Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari faoliyati belgilangan. Ular qaror loyihalarini ishlab chiqish va o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi.
⌛ 4. Kengash hokim hisobotini eshitadi.
Qonunning 25¹-moddasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan hokim hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish nazarda tutilgan.
⌛ 5. Kengash so‘rovi va tekshiruvi ham qonunda belgilangan.
Qonunning 25⁶ va 25⁷-moddalarida Kengash so‘rovi hamda Kengash tekshiruvi bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar nazarda tutilgan.

📖 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.

🔗 Qonunning to‘liq matni: https://lex.uz/uz/acts/-112170
Huquqiy savodxonlik — ochiq va samarali mahalliy boshqaruvning muhim sharti!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1