Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi

Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev hamda shahar Kengashi deputati O. Yusupov tomonidan Majnuntol mahallasi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish jarayonining borishi, amalga oshirilayotgan ishlar sifati, qurilish obyektlarining holati hamda belgilangan loyiha talablariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qurilish ishlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish ishlarini joyida o‘rganish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan vazifalar bilan uzviy bog‘liqdir.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida qurilish va shaharsozlik sohasiga oid qonunchilik talablari inobatga olindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi talablariga muvofiq qurilish ishlarini belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirish, loyiha yechimlariga rioya etish hamda ishlar sifatini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mas’ullar bilan qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish va belgilangan talablar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 6