Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan tuman Soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida soliq to‘lovchilar bilan ishlash, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish hamda soliq xizmatlaridan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish berish, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlari va soliq tushumlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullar bilan muloqot davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berish, soliq xizmatlarini ko‘rsatishda ochiqlik va qulaylikni ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, soliq qarzdorligini kamaytirish, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyatga rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida soliq xizmatlari sifatini oshirish, soliq to‘lovchilar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash hamda mahalliy budjet daromadlarini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3