Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Ijtimoiy reyestrdagi xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Kamalak ko‘chasi 41-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Erkabayeva xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro nevaralariga vasiy etib tayinlangan bo‘lib, oilaga 6 oy davomida moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher ajratilib, undan oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun foydalanilgan.

Oila daromadlarini yaxshilash va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar natijasida fuqaroning o‘g‘illari ishga joylashtirilgan.

O‘rganish davomida xonadonga ko‘rsatilgan ijtimoiy ko‘maklar holati ko‘zdan kechirilib, oilaning mavjud ehtiyojlari ham e’tiborga olindi. Deputat tomonidan xonadon holati nazoratga olinib, oilani qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3