Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining hududni qamrab olish darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi.

️Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik, mavjud muammolarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6